Huawei 1
Farg‘onada yalang‘och o‘yinga tushgan erkak va uning ikki sherigiga 15 sutka qamoq jazosi belgilandi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida ko'chada yalang‘och holatda o‘yinga tushib, videosini “Tik-ToK” mesenjeridagi sahifasida e’lon qilgan yigit va uning sheriklariga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida videodagi erkaklarning shaxsiga oydinlik kiritilgan.

“Kayfchilikda yarim yalang‘och bo‘lib o‘yinga tushdim, meni kechiringlar”, – deydi hodisa "qahramoni".

Shuningdek, ushbu videoni e’lon qilgan tiktoker ham qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytdi.

“O‘rtog‘imning “kayfi” bor edi, shunaqa qilib video qilib yubordi. Bu sizlarning e’tirozingizga sabab bo‘ldi, meni chin ko‘ngildan kechirishingiznini so‘rayman”, - dedi u.

Ma'lumot o'rnida videoni e’lon qilgan tiktoker erkak bundan avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslar tomonidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga taqdim qilingan. 

Mayda bezorilik sodir etgani uchun, ularning har biriga 15 sutkadan qamoq jazosi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты