Huawei 1
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, holat 5 sentabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 186-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Hyundai rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты