Farg'ona, Qo'qon va Marg'ilon shaharlarining chegaralari o'zgarmoqda

Kecha, 8-avgust kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda jamiyat hayotining turli sohalaridagi huquqiy negizini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qaror loyihasi bilan Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona shahri tarkibiga Farg‘ona tumanidan o‘tayotgan yer maydoniga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, 80 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinika qo‘rilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qo‘qon shahri tarkibiga Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara tumanlaridan o‘tayotgan yer maydonlarida 150 ta ko‘p qavatli uylar, biznes markazlari, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi taklif qilinmoqda. Hamda Marg‘ilon shahri tarkibiga Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan o‘tayotgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalarini, 108 ta ko‘p qavatli turar joy binolar qurilishi ko‘zda tutilgan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты