Huawei 1
Farg'ona vodiysi hamda Toshkent viloyatida quyun kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida tornado kuzatilgani aytilgan video tarqaldi. Holat bo'yicha O'zgidromet ma'lumot berdi.

Xbabarga ko'ra, soat 15:00 va 16:30 orasida Fargʻona vodiy viloyatlari va Toshkent viloyati ayrim hududlarida kichik maydonda atmosfera bosimi farqlarida keskin oʻzgarishlar yuzaga keldi. Bu, Tojikiston respublikasi baland Pomir togʻliklaridagi yuqori bosimli hudud hamda Fargʻona vodiy viloyatlarida past bosimli hududlarning keskin rivojlanish fonida yuz berdi.

Natijada, ayrim joylarda kichik shamol uyirmalari, boshqacha aytganda, quyun hodisalari kuzatildi.

Quyun hodisalari, uzoq muddatli yogʻingarchiliksiz yoz kunlarida tez-tez kuzatiladigan hodisa boʻlib, bu tabiat hodisalari Oʻzbekiston sharoitida xavfli poʻrtanalarni keltirib chiqarmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60510 | Инструменты