Huawei 1
Farg'onada 5 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan shaxs ushlandi

Farg'ona viloyati Buvayda tumanida 2022-yilning dekabr oyidan buyon noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib yurgan shaxs aniqlandi.

Qaydt etilishicha, Jov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.H ismli fuqaro yashash xonadonida jami 6 nafar shaxsga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlangan. Eng ajablanarlisi, undan dars olayotganlarning 5 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lib, turli tumanlardan kelib tahsil olayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Andijonda 23 yoshli yigit o'z uyida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangani ma'lum bo'lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22309 | Инструменты