Farg'ona viloyatining Oltiariq tumani, Sertut mahalla hududida yashovchi 2001-yilda tug'ilgan M.Z o'zining "Samsung A33" telefonida Telegram ijtimoiy tarmog'ida tegishli profilida har xil nomdagi guruhlari orqali diniy mazmundagi audio va video formatdagi diniy maʻruzalarini tarqatganligi aniqlandi. Mazkur holat 9-mart kuni Oltiariq tumani IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fosh qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB tomonidan Maʻmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 184-moddasi prim 2–moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudiga yuborilgan.
Sud huquqbuzar M.Z.ga yuqoridagi moddaga asosan, BHMning 3 barobari 900 ming so'm miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты