Huawei 1
Farg'onada mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi

Maʼlum bo‘lishicha, bugun 27-iyun kuni 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini tuman markazidagi dehqon bozori hududiga to‘xtatib, o‘zi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan vaqtida, avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Portlash natijasida, shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63008 | Инструменты