Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Okuda Takefumi boshchiligidagi yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda "Micado Development” kompaniyasi tomonidan Ekoshahardagi 3 gektar maydonda barpo etishga kirishilayotgan qiymati 15 mln dollarlik “Shogun city” yapon bog‘i, mehmonxona, restoranlar majmuasini o‘z ichiga olgan loyiha muhokama qilindi.
“Fergana Shogun” majmuasi qurilishiga tayyorgarlik hamda loyihani tezlashtirish masalalariga eʼtibor qaratilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, noyabr oyida Farg‘ona shahrida Yaponiyadagi qurilish, savdo, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika, Ay-Ti, taʼlim, xizmatlar, ipakchilik, turizm, investitsiyalar va boshqa sohalarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirokida Farg‘ona-Yaponiya biznes-forumi hamda ko‘rgazma tashkil etishga kelishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51811 | Инструменты