2024-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:
- 2024-yil 1-sentabrdan boshlab, pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida sanatoriyga navbatga qo‘yish va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
- 2024-yil 1-sentabrdan boshlab, nogironlikni tayinlashda sanatoriyga navbatga qo‘yish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
- 2024-yil 1-iyundan boshlab, yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan ta’minlashning yangi tizimi bosqichma bosqich joriy qilinadi.
Bu vazifalar ijrosi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligini mas’ul qilib belgilash taklif etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42014 | Инструменты