Toshkent shahar Turizm boshqarmasi turfirmalar va tadbirkorlarga 5-iyun kuni BAAga turist yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya etdi.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yuborilgan xatdan ma’lum bo‘lishicha, Turizm qo‘mitasiga, TIV Konsullik-huquqiy departamentining 2025-yil 29-apreldagi murojaati kelib tushgan.
Murojaatda, 5-iyun kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari futbol terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi o‘yiniga sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtimiz fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida Amirliklarga olib kelish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilayotgani keltirilgan.Shuningdek, BAAning “Al Vahda” futbol jamoasi uy o‘yingohi 12 ming tomoshabin sig‘imiga egaligi, Osiyo futbol konfederatsiyasi qoidalariga ko‘ra mezbon tomondan mehmon tomonning tomoshabinlari uchun sig‘imning 8 foizini (960 nafar) ajratish majburiyatini oladi.
O‘zbekistonlik muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekanligi bu esa xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi talablarini buzilishiga olib kelishi haqida ma’lumot berilgan.
Shu munosabat bilan, BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan fuqarolarning qaytarib yuborishga asos sifatida taxmin qilinayotganini inobatga olib, ushbu kunlari BAAga turpaketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82120 | Инструменты