Joriy yilning 1-mayidan O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Ilgari kompensatsiya faqat qish mavsumida — noyabr-fevral oylarida berilgan bo‘lsa, endilikda har oy to‘lab beriladi.
1-iyundan ehtiyojmand oilalardan kompensatsiya uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompensatsiyalar Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestiriga kiritilgan oilalarga beriladi. Bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalanishi mumkin.
Arizalar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, mahallalardagi ijtimoiy xodim hamda 1140 telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Kompensatsiya quyidagi tartibda ajratiladi:
2024−2025-yilgi isitish mavsumi uchun kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m yordam berilgan. Joriiy yilda jami 1,33 trln so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60723 | Инструменты