7-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Andreas Shnayder bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar “Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha kelishuv shartnomasini imzoladilar.
Mazkur hujjat loyiha doirasida amaliy ishlarni boshlash va investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirishda muhim bosqich sanaladi.
Loyihaning dastlabki bosqichida respublikaning 8 ta viloyatida “Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari”ni tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasidagi asosiy maqsad — kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayoniga Germaniya tajribasi asosida zamonaviy o‘quv dasturlari va texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, malakali hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22314 | Инструменты