Germaniyada o‘zbekistonlik qassoblarga 1,7 ming yevro maoshli ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Migratsiya agentligi va Germaniyaning The International Placyement People GmbH & Co. KG kompaniyasi hamkorligida Germaniyada qassoblik yo‘nalishida 150 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Ish haqi oyiga 1750 yevro.
Ish jadvali haftasiga 44 soatni tashkil etadi. Nomzodlardan 18 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan jismonan sog‘lom erkaklar orasidan, kamida bir yillik amaliy tajribaga ega, go‘shtni ajratish, sanitariya qoidalariga rioya qilish, o‘tkir tig‘li asboblar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega shaxslar tanlab olinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
Ish beruvchi tomonidan Germaniyada aeroportidan yashash joyigacha bo‘lgan transport xarajatlari qoplab beriladi.
Nomzod zimmasiga tushadigan xarajatlar:
Bonus sifatida Migratsiya agentligi tomonidan aviachipta, viza va til sertifikati xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda til sertifikati, diplom va xorijga chiqish pasporti fayl ko‘rinishida yuklanishi talab etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50408 | Инструменты