Huawei 1
AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi

30 aprel kuni AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi amalga oshirildi. 

Qayd qilinishicha, O‘zbekistonning qariyb yuz nafar fuqarosi Toshkentga qaytarildi. Shuningdek, deportatsiya qilinganlar orasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bor edi.

Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringani tufayli migratsiya markazlarida uzoq oylar davomida qolib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50411 | Инструменты