Huawei 1
G'ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash takomillashtiriladi

“Respublikada g'ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (597-son, 19.09.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, O'zbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g'ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash bekor qilinadi.

Ushbu toifalardagi g'ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Hukumatning 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g'ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi.

Elektr dvigatellar bilan jihozlangan g'ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92216 | Инструменты