Huawei 1
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

“Yengil sanoat sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 19.09.2025-y) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik to'qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yo'nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik qoshida Yengil sanoatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.

Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025-yil 1-oktabrdan quyidagi moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari qo'llaniladi:

- xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;

- eksport shartnomalari bo'yicha sug'urtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni o'qitish uchun grantlar ajratish;

- xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog'liq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92216 | Инструменты