Qatardan jami 230 million so‘mlik 9 ta iPhone 17 smartfonlarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi, deya xabar qildi “Toshkent-Aero” Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksini.
Holat kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashish shoʻbasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportining umumiy uchib kelish zali hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Doha — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi bojxona nazorati zonasining “yashil” yo‘lagi orqali harakatlanganidan so‘ng to‘xtatilib, uning o‘zi va bagajlari ko‘zdan kechirilgan.
Yuklar orasidan bojxona nazoratiga tegishli tartibda taqdim etilmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, dastlabki taxminiy qiymati jami 230 mln so‘mlik 9 dona iPhone 17 rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan. Ular huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, bojxona surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92218 | Инструменты