Huawei 1
“Green Hills Resort” dam olish maskanida “Bitmas xazina” kitob festivali oʻtkazildi

16-17-sentyabr kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskanida “Bitmas xazina” kitob festivali oʻtkazildi. Unda adabiyotimizning yetuk darg’alari - yozuvchi, shoir, noshir, adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hukumatning 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash Milliy dasturi tasdiqlangan. Dasturga asosan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan 2020-2023-yillar davomida jami 44 ta meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi. Yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlash borasidagi tartib-taomillari soddalashtirilganidan soʻng, hududlardagi nashriyot va matbaa korxonalarining soni sezilarli darajada oshdi. Jumladan, respublikada 2020-yilda 168 ta nashriyot faoliyat yuritgan boʻlsa, 2024-yil 1-avgust holatiga koʻra ularning soni 562 taga yetdi. Bu davrda matbaa korxonalari 1 589 tadan 1 931 taga yetdi. 680 dan ortiq ixtisoslashgan kitob savdo majmualari orqali respublikaning chekka hududlariga tezkor yetkazib berish boʻyicha loyihalar joriy etildi. “Kitobsevar millat” shiori ostida festival va tanlovlar, ijodiy seminar va forumlar, xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkalar muntazam tashkil etilmoqda.

Ushbu Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad - jamiyatimizda, ayniqsa yoshlar orasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishdir. Mamlakatimizda chop etilayotgan kitoblar sifati, ularning kontenti, adabiyot, kitob savdosiga oid maummolar va ularning yechimlarini yozuvchi, shoir, noshirlar ishtirokida muhokama qilish.

Festivalga “Bitmas xazina” nomining qo’yilishi bejiz emas. 

“UzReport TV” telekanali orqali 2016-yildan buyon efirga uzatilayotgan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishni maqsad qilgan teleloyihaning nomi ham aynan “Bitmas xazina”. E’tiborga molik jihati, teleko’rsatuv qamrovi kengayib,  kitob festivali sifatida o’tkazilayapti.

Festivalning rasmiy ochilish marosimi 16-sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Ikki kunlik tadbir davomida mualliflik huquqi, chop etilayotgan kitoblar sifati, ularning kontenti, kitob savdosiga oid maummolar va ularning yechimlari yozuvchi, shoir, noshirlar ishtirokida  muhokama qilindi. Festival davomida adiblar, noshirlar, kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, tarjimonlar ishtirokida davra suhbatlari, bahs-munozaralar hamda  “Bitmas xazina” kitob koʻrgazma-yarmarkasi tashkil etildi. Unda 20 dan ortiq noshirlar o’z nashriyotida chop etilgan asarlar bilan ishtirok etdi.

Bundan buyon ushbu Festival har yili an’anaviy tarzda o’tkazib boriladi. Shuningdek, loyiha doirasida har yili “Bitmas xazina” nomli durdona asarlardan iborat 5 tomlik kitoblar to’plami nashr qilinadi. Bu to’plamga dunyo tan olgan mumtoz adabiyot namunalari, o’zbek adabiyoti darg’alarining qalamiga mansub asarlar, yangi tarjima va 1 ta nazmiy asar kiritiladi.

Festival tashkilotchilari: “SAIPRO GROUP” MCHJ va “UzReport TV” telekanali.

Festival hamkorlari: Axborot va ommaviy komunikatsiyalari agentligi (AOKA), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent viloyati hokimligi, Xalq banki, Uzreport journalism, media and communications Academy of the Nordic International University va Green Hills Resort dam olish maskani.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты