AQShning Xilma-xillik viza dasturiga 2026-yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari 2025 yil 3 may kuni e’lon qilinadi.
Arizachilar shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab dasturning rasmiy sayti – dvprogramm.state.gov orqali natijani tekshirishlari mumkin.
Arizalar o‘tgan yili 2 oktyabrdan 7 noyabrgacha qabul qilingandi.
Xilma-xillik viza dasturi – AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari tarixan kam bo‘lgan xalqlar vakillariga Amerikaga ko‘chib borib yashash imkoniyatini beradi.
Ko‘plab millatlar qatori, har yili millionlab o‘zbeklar ham bu dasturda qatnashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50305 | Инструменты