Grin-karta uchun arizalar qabuli bugun, Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlanadi
AQShga ko‘chib ketish imkonini beruvchi DV-2024 lotereyasi uchun arizalar qabuli bugun, Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlanadi.


Lotereyada ishtirok etish uchun talabgorlar dvprogram.state.gov sayti orqali ariza-anketa to‘ldirishi lozim. Anketa to‘ldirish va lotereyada ishtirok etish bepul.

Arizalar qabuli 8 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga qadar davom etadi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi talabgorlarni muhlatning oxiriga qadar kutmaslikka chaqirdi: so‘nggi kunlarda sayt ishida texnik nosozliklar kuzatilishi mumkin.

Diversity Visa Program – turli millat vakillari uchun viza dasturi bo‘lib, Amerikaga immigratsiya ko‘rsatkichlari tarixan kam bo‘lgan xalqlar vakillarining AQShga ko‘chib kelishiga imkoniyat berish uchun joriy etilgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20407 | Инструменты