Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga aytishicha, Nyu-Dehli Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechganiga oid hech qanday rasmiy bayonot bermagan.
Bir kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi telefon orqali suhbatda unga Rossiya neftidan voz kechib, AQSH va Venesueladan neft sotib olishga vaʼda berganini aytgan edi.
So‘nggi oylarda Tramp Hindiston Rossiya neftidan voz kechishga tayyorligi haqida bir necha bor gapirgan. O‘tgan yili esa u mamlakat uchun savdo bojlarini 25 foizgacha oshirgandi.
AQSH yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, endi Vashington Hindiston uchun savdo bojini 25 foizdan 18 foizga tushiradi. Hindiston esa qo‘shimcha ravishda 500 milliard dollardan ortiq qiymatdagi AQSH mahsulotlarini sotib oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20319 | Инструменты