Gulbahor Izentayeva I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi KRuz.uz.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, rassom Jolliboy Izentayevning qizi Gulbahor Izentayeva avvalroq Qoraqalpog‘iston turizm boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, u 2017-yil fevral oyidan 2021-yil boshigacha Savitskiy nomidagi muzey direktori lavozimida ishlagan.
2018-yil iyul oyida Aleksandr Shevchenkoning “Chelak ko‘targan ayol” kartinasi suv o‘chirish tizimi noto‘g‘ri ishlagani tufayli shikastlangan. O‘shanda madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova me’yorlarga rioya etmagani uchun quruvchi va loyihachilarni (muzeylarda suvli emas, gazli yong‘in o‘chirish tizimi bo‘lishi kerak), hodisa uchun esa muzey rahbariyatini ayblagandi, chunki mas’ullar vazirlikni voqea haqida o‘z vaqtida xabardor qilmagan va zallarda tungi navbatchilikni nazorat qilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11017 | Инструменты