Huawei 1
Hafta davomida O'zbekiston hududlari bo'ylab kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'yicha 23-27-oktabr kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi

Bugun kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘irlar yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° atrofida, ba’zi joylarda 20° gacha bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

24-25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25° gacha, janubda 27° gacha isiydi.

26-oktabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat 15-20o gacha pasayadi.

27-oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22° bo‘ladi.

Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12° iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Poytaxtda: 23-oktabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 14-16° bo‘ladi.

24-25-oktabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24° gacha ko‘tariladi.

26-oktabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat 16-18° bo‘ladi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты