Bugun kunduzi O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
2-3-aprel kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi. 2-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 3-aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
1-3-aprel kunlari havo harorati 15-20o atrofida bo‘ladi. 4-5-aprelda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 18-23o gacha, ba’zi joylarda 25o gacha ko‘tariladi. Kechalari harorat asosan 5-10o bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 2-4-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda: 1-2 va 4-5-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat 1-3-aprelda 16-19o, 4-5-aprelda 19-22o bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 5-10o bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42202 | Инструменты