Huawei 1
Har oyning bir ish kunida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkazilishi kutilmoqda

“O‘zbekiston-2030” taraqqiyot strategiyasining 2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga muvofiq, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasida keltirilgan.

Bunda binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar va xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali aholiga namuna ko‘rsatib borishi keltirilgan.

Mazkur bandning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ullar etib Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (vazir — Aziz Abduhakimov), Transport vazirligi (Ilhom Maxkamov) va Toshkent shahri hokimligi (Shavkat Umurzoqov — hokim v.b.) belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты