"Hisor" davlat qo‘riqxonasida Sibir tog‘ echkisi kamera obyektiviga muhrlandi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarni navbatdagi monitoring tadbirlari olib borildi.
Ushbu jarayonda fotoqopqonlar kamerasi obyektiga ilmiy atamada Sibir tog‘ echkisi deb nomlanadigan kiyik ham muhrlangani ma’lum bo‘ldi.
Kiyiklar odatda chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘larda yashaydi. "Hisor" davlat qo‘riqxonasi ham bu jonivorlarning doimiy yashash maskani hisoblanadi. Qo‘riqxona xodimlarining ma’lum qilishicha, olib borilgan izchil muhofaza chora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda ular sonining ko‘payyotgani kuzatilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ularning yashash tarzi, ko‘payishi doimiy muhofaza olingan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin ushbu fotoqopqonga qor qoploni, Turkiston silovsini va Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i muhrlanganligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31615 | Инструменты