Huawei 1
Homiladorlar TORCH infeksiyasiga qachon tahlil topshirishlari kerak?

Ushbu savolga Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva javob berdi.

— Bugun aksariyat ayollar homilador bo‘lganidan bir necha oy o‘tib, TORCH-infeksiyasi uchun tahlil topshiradi, — deydi mutaxassis. — Biroq bu xato. Aslida homiladorlikdan 2-3 oy avval, yaʼni uni rejalashtirish paytida tekshiruvdan o‘tish, agar natija musbat bo‘lsa, virusga qarshi zarur dori-darmonlarni qabul qilish kerak.

Ana shunda ayol organizmi virusni vaqtida yenga oladi va tanada ushbu infeksiyalarga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi. Shuningdek, bu – homiladorlikkacha davo va profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi. 

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, TORCH-infeksiyani homiladorlik davrida ham tekshirtirib borish zarur.

Bu viruslar guruhining o‘ziga xosligi shundaki, uning alomatlari mutlaqo kuzatilmasligi yoki kam namoyon bo‘lishi mumkin. Jumladan, toshma, isitma kabi klinik belgilar orqali tashxis qo‘yish biroz qiyin. Shu bois eng aniq tashxislash usuli qonda immunoglobulinlarni tekshirishdir.

Buning uchun och qoringa qon tahlili topshiriladi. Tekshiruvgacha bo‘lgan 3 hafta davomida antibakterial va virusga qarshi preparatlar qabul qilmaslik lozim.

Tekshirish natijalarini olgandan so‘ng, albatta, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91614 | Инструменты