Huawei 1
Hududlar kesimida uy-joy sohasiga oid 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublika miqyosida qurilish va uy-joy sohasiga oid ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. 

Shuningdek, Qo‘mita mazkur murojaatlardagi qonunbuzilishi holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinib,  ularning huquqlari tiklanmoqda. Jumladan:

Toshkent shahri misolida

10 dan ortiq fuqarolar tomonidan “CRYSTAL PAINT” MCHJdan sotib olgan ko‘p qavatli turar-joy xonadonlarining umumiy maydoni kam chiqqanligi va QQS qaytarib berilmaganligi bo‘yicha eʼtiroz bildirib yo‘llagan murojaatlari Toshkent shahar hududiy boshqarma tomonidan quruvchi tashkilotdan jami 11 ta isteʼmolchiga 225 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari qaytarib berilishi taʼminlandi.

 Xorazm viloyati misolida

Xonqa tumanida yashovchi fuqaro I.Y uy-joy xarid qilish maqsadida “URGANCH SOHIL BOYI UYLARI” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Mazkur shartnomaga muvofiq 150 mln so‘mlik to‘lovni amalga oshirgan hamda qolgan qismini bo‘lib to‘lash tartibida kelishilgan. Quruvchi tashkilot tomonidan hech qanday rasmiy ogohlantirishlarsiz shartnoma bekor bo‘ldi deb pul to‘lov qilinmasligini, fuqaroga uy berilmasligi tartibida qayta shartnoma qilinishini va xonadonni boshqa shaxsga sotishni bildirayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati hududiy boshqarma tomonidan fuqaro va quruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaning barcha bandlari o‘z kuchida qoldirilib, isteʼmolchi huquqlari himoya qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida

Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.K. o‘z murojaatida “NUKUS STROY STIL” MCHJ bilan shartnoma tuzib, ko‘r qavatli uydan xonadon xarid qilish maqsadida 116 mln so‘mga yaqin pul mablag‘ini o‘tkazib berganligi, biroq korxona tomonidan shu kunga qadar xonadon o‘z vaqtida topshirilmayotganligidan norozi bo‘lib, uy uchun to‘lagan pul mablag‘larini qaytarib olish maqsadida murojaat yo‘llagan. Qo‘mita mutaxassislari tomonidan qurilish tashkilotiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda isteʼmolchi foydasiga to‘langan pul mablag‘lari qaytarib berilishi taʼminlandi.

Farg‘ona viloyati misolida

 Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro G.Asqarova “BINOKOR” MCHJ shartnomaga asosan yangi xonadon xarid qilish uchun 100 mln so‘mga yaqin to‘lovni amalga oshirgan, ammo qurilish boshlanmaganligi sababli to‘langan mablag‘larni qaytarib olish maqsadida tadbirkorlik subyektiga bir necha marta murojaat qilishiga qaramasdan, muammo ijobiy hal etilmagan. Isteʼmolchi mazkur holatdan norozi bo‘lib qilgan murojaati hududiy boshqarma tomonidan qurilish tashkilotidan isteʼmolchi foydasiga to‘liq qaytarib berilishi taʼminlandi.

Namangan viloyati misolida

Namangan tumanida yashovchi fuqaro R.T “FAROVON BINOKOR SERVIS” MCHJdan shartnoma asosida ko‘p qavatli uy olish uchun boshlang‘ich 57 mln so‘mga yaqin to‘lovni amalga oshirgan. Biroq korxona tomonidan uy qurilish ishlari to‘xtab qolganligi sababli tuzilgan shartnomani bekor qilish va to‘langan pul mablag‘larini qaytarish yuzasidan murojaat qilgan.Hududiy boshqarma saʼy-harakatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan isteʼmolchi foydasiga mablag‘ni to‘liq qaytarib berilishi taʼminlandi.

Jizzax viloyati misolida

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro S.M “AZIZA CREDO MAX” MCHJdan shartnoma asosida xonadon xarid qilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, boshlang‘ich to‘lov uchun 54 mln so‘m to‘lagan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan. Hududiy boshqarma tomonidan fuqaro va quruvchi tashkilot bilan tuzilgan dastlabki oldi-sotdi shartnoma bekor qilinib, boshlang‘ich to‘lov qaytarilishi taʼminlandi.

Qashqadaryo viloyati misolida

Kitob tumanida istiqomat qiluvchi yosh oila boshlig‘i N.N yaxshi niyatlar bilan yangi xonadon olish uchun “EAST DREAM ENERGINERING” MCHJ bilan shartnoma tuzib, 38 mln so‘mlik boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiradi. Lekin oilaviy sharoitida sababli yangi xonadon uchun qolgan to‘lovni amalga oshira olmaganligi oqibatida quruvchi tashkilotga boshlang‘ich to‘lovni qaytarishni so‘rab bir necha marta murojaat qilishiga qaramay muammo ijobiy hal etilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Hududiy boshqarma mutaxassislari ishtirokida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, xonadon uchun to‘langan boshlang‘ich mablag‘ to‘liqligicha qaytarib berilishi taʼminlandi.

 Sirdaryo viloyati misolida

Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J o‘z murojaatida xonadon sotib olish uchun “UNIVERSAL-ELEKTR-MONTAJ-SAVDO” MCHJ bilan shartnoma rasmiylashtirib, shartnomaga ko‘ra boshlang‘ich 30 mln so‘mlik to‘lov amalga oshirgan, ammo, quruvchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari shartnomada ko‘rsatilgan muddatda nihoyasiga yetkazilmayotganligidan norozi ekanligini taʼkidlab, ushbu xonadon uchun to‘langan mablag‘ini qaytarib berilishi yuzasidan murojaati Hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, tadbirkorlik subyektidan fuqaro foydasiga qaytarib berilishi taʼminladi.

Buxoro viloyati misolida

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro K.U va “BUNYODKOR SHAHARSOZLIK” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma majburiyati to‘liq bajarilganligiga qaramasdan quruvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlari o‘z vaqtida bajarilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati hududiy boshqarma tomonidan o‘rganib chiqilib, ko‘p qavatli turar-joy binosidagi xonadonni barcha kamchiliklarini bartaraf etish hamda isteʼmolchi foydasiga 30 mln so‘mga yaqin mablag‘ undirib berish bo‘yicha tegishli sudga daʼvo arizasi kiritildi

 Andijon viloyati misolida

Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.Q tomonidan “BARAKA” MCHJ tomonidan qurib bitkazilib foydalanishga topshirilgan uyning nosoz bo‘lgan elektr hisoblagichini almashtirib berishi bo‘yicha bir necha marotaba quruvchi tashkilotga murojaat qilgani, ammo murojaat ijobiy hal bo‘lmagani sababli ushbu masalada amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan. Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish ishlari davomida, fuqaro X.Qarabayevani yashash xonadonidagi nosoz elektr hisoblagichni quruvchi tashkilot tomonidan yangisiga almashtirilib berilishi taʼminlandi.

 Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuning 19, 21, 24 va 25 moddalari talablariga rioya qilinmaganligi yuzasidan quruvchi tashkilotlarga (“NUKUS STROY STIL” MCHJ, “BUNYODKOR SHAHARSOZLIK” MCHJ, “AZIZA CREDO MAX” MCHJ, “FAROVON BINOKOR SERVIS” MCHJ, “UNIVERSAL-ELEKTR-MONTAJ-SAVDO” MCHJ, “BARAKA” MCHJ ,“BINOKOR” MCHJ, “URGANCH SOHIL BOYI UYLARI” MCHJ, “EAST DREAM ENERGINERING” MCHJ va “CRYSTAL PAINT” MCHJ) nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91815 | Инструменты