Huawei 1
Ilon Mask kompaniyasi tug‘ma ojiz odamlarning ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydigan yangi implant yaratdi

Amerikalik milliarder Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi hatto tug‘ma ojiz odamlarga ham ko‘rish imkonini beradigan Blindsight eksperimental ko‘rish implantini ishlab chiqdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kelajakda qurilma inson ko‘zi uchun odatiy bo‘lgan optik spektrdan tashqari boshqa spektrlarni ham aniqlay oladigan bo‘ladi. Fantastik asarlardagi o‘ta kuchli ko‘rish qobiliyati haqiqatga aylanishi kutilmoqda.

Neuralink kompaniyasining Blindsight qurilmasi hatto ikkala ko‘zi va optik nervini yo‘qotgan odamlarga ham ko‘rish imkoniyatini beradi. Agar bosh miyaning ko‘rish po‘stlog‘i shikastlanmagan bo‘lsa, u hatto tug‘ma ojiz bo‘lganlarning ham ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, deydi Mask.

Blindsight implanti AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan ilg‘or ishlanma sifatida ma’qullangan. Bu qurilmani odamlarda sinovdan o‘tkazishga yo‘l ochadi. Kompaniya allaqachon potensial mijozlardan arizalarni qabul qilmoqda.

Mask implantning tasvir sifati dastlab “Atari o‘yin platformalari grafikasi” kabi past bo‘lishini, ammo kelajakda qurilma infraqizil va ultrabinafsha spektrda ko‘rish imkonini berishi, radar to‘lqin uzunligini ham aniqlay olishini aytdi.

Milliarder Neuralink ishlanmasini “Yulduzli yo‘l” teleseriali qahramoni, tug‘ma ojiz Jordi La Forj taqib yurgan kelajakdagi qurilma bilan taqqosladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты