Huawei 1
Jizzaxda probatsiya nazoratida turgan shaxs ukasi bilan ikki kishini kaltakladi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxs va uning ukasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ikki xodimni kaltakladi. 

Jabrlanuvchining aytilishicha, u Zomin tumani Dashtobod shaharchasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatib kelgan.

“T.X. Labo’sini ta’mirlatish uchun do‘konimga olib keldi. Biz uni ta’mirlab berdik. Xizmat haqimiz ehtiyot qismlari bilan jami 1 million 700 ming so‘m bo‘ldi.

Ishni bitirganimizdan keyin T.X. pulni beravermagach undan xizmat haqimizni berishini so‘radim. U esa ukasi bilan kelib meni va ehtiyot qismlari soluvchi xodimni haqorat qilib, kaltaklab ketdi”, dedi jabrlanuvchi.

Voqeadan keyin ichki ishlarga murojaat qilingan. Inspektor ishni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan malakalab sudga olib chiqqan. 

Sud esa T.X. va uning ukasining xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bor, deb hujjatlarni prokuraturaga qaytargan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining  ma’lum qilishicha, haqiqatan ham T.X. tuman probatsiya xizmati nazoratida turgan. U Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybdor deb topilgan va 2 yil axloq tuzatish ishlari bilan jazolangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты