Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda erkak pochchasini bolta bilan qasddan o‘ldirdi

Qoraqalpog‘istonda ayol kelishmovchiliklar tufayli erini o‘ldirish rejasini tuzgan. U jinoyatni o‘zi sodir eta olmasligini bilib, bu ishga ukasini yollagan. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, qoraqalpog‘istonlik ayol doimiy janjallar oqibatida eri bilan kelishmovchilikda yashagan. Shu sababli u erini o‘ldirishni rejalashtirgan. Jinoyatni o‘zi sodir etish uchun jismonan kuchi yetmasligini bilib, Toshkentda yashovchi ukasini chaqirgan va vaziyatni hal qilib berishini so‘ragan. Shundan so‘ng, uka opasining uyiga kelgan va bir necha kun davomida pochchasini o‘ldirish uchun qulay payt poylagan.

2023 yil 17 sentyabr kuni soat 03:30 da uka pochchasining uxlayotganiga ishonch hosil qilib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan – 65 santimetrlik yog‘och sopli bolta bilan marhumning yuz va jag‘ qismiga urgan va og‘ir tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.

Sud tomonidan marhumning turmush o‘rtog‘iga Jinoyat kodeksining 28,97-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Uning ukasiga esa Jinoyat kodeksining 97-moddasi “v”, “j” bandlari bilan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ularning jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты