2024-yil 26-mart holatiga hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash maqsadida jami 64 ta avtobus hamda 164 dona mikroavtobus xarid qilindi.
Transport vazirligining xabar qilishicha, avtobuslar Xitoyning CRRC, Higer, Guangtong, Azia Star ishlab chiqaruvchilaridan yetkazib berilgan.
Ushbu davrda eng ko‘p avtobus (32 dona) Qashqadaryo viloyatida, eng ko‘p mikroavtobus esa (75 dona) Farg‘ona viloyatida sotib olingan.
Ma'lum qilinishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida joriy yilda jami 1200 dona avtobus xarid qilish belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты