Huawei 1
O‘zbek allomasi nomi berilgan kompaniyaning birinchi sunʼiy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi

Turkiyaning Baykar kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan Fergani Space kompaniyasining birinchi sunʼiy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi. Ushbu kompaniyaga buyuk astronom, matematik va geograf olim — Ahmad al-Farg‘oniy sharafiga Fergani nomi berilgan.

FGN-100-d1 deb nomlangan sunʼiy yo‘ldosh SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa-tashuvchisi orqali AQSHning Vandenberg bazasidan kosmosga muvaffaqiyatli uchirildi.

Fergani Space besh yil ichida 100 ta sunʼiy yo‘ldoshdan iborat Uluğ Bey nomli global joylashuvni aniqlash tizimini ishlab chiqish maqsad qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51123 | Инструменты