IIV tizimidagi tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 15 foizga oshiriladi

Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Unga ko'ra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024-yil 1-yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo'lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:

— oylik lavozim maoshlari:

— oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo'lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;

—  ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lgan va toifaga ega bo'lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;

—  tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71321 | Инструменты