Huawei 1
IIV voyaga yetgan kvadroberlarni 15 sutkagacha qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Avvalroq, Toshkent shahrida hayvonlar qiyofasida niqoblarni taqib olgan kvadroberlar paydo bo‘lgani va IIV ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.

“MJtKga muvofiq, o-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼ huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi B 5 barobarigacha (1 million 875 mi so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi”, deyilgan IIV xabarida.

Maʼlum qilinishicha, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur harakatlar bilan fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzish , fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik MJtKning 183-moddasi (mayda bezorlik) BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima soishga yoki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты