Huawei 1
Ilk bor Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra,  davlat xizmatchilariga davlat xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini taʼminlash maqsadida:

- davlat organlari rahbarlari 2025 yil 1 noyabrga qadar davlat xizmatchilariga, istisno tariqasida bir marta, ular egallab turgan lavozimiga muvofiq, biroq, ulardagi mavjud maxsus unvonlardan (martaba yoki malaka darajalari) past bo‘lmagan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini taʼminlaydi;

- davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingunga qadar davlat xizmatchilariga amaldagi maxsus unvonlari (martaba va malaka darajasi) bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar (ustama, haq) to‘lash davom ettiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi erishilgan natijalar bo‘yicha Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi:

- davlat organlarining inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish samaradorligi;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tezkorligi va sifati;

- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;

- davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;

- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi;

- respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ular o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi;

- normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa reytinglar.

Reyting natijalariga ko‘ra, quyi pog‘onadagi davlat idoralarining ish usullarini o‘zgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda Hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62022 | Инструменты