Huawei 1
20-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Joriy yilda Qashqadaryoga 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan

Muborakdagi Gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi tayyor infratuzilmasi bor, temir yo‘l o‘tgan 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berishni muhokama qilmoqda — Energetika vazirligi

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida energiya koridorini yaratish masalasi “juda muhim” ekanini aytdi.

Tadqiqot: O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi

HeadHunter Uzbekistan onlayn platformasi ish izlovchilar orasida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining faqat uchdan bir qismi o‘z ma’lumoti bo‘yicha ishlayotganini bildirgan. Qolganlar esa sohasini butunlay o‘zgartirgan yoki diplomdagi bilimlarini faqat qisman qo‘llamoqda.

Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima qo‘lladi

Bundan tashqari, 17 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi, yana 13 tasi esa jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi.

Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta maktab avtobusi taqdim etildi

Ushbu avtobuslar prezident topshirig‘iga binoan sovg‘a sifatida taqdim etildi. Avtobuslar tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ortiq o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.

O‘zatom va Rosatom O‘zbekistonda yirik AES qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zatom atom energetikasi agentligi va Rosatom davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda katta quvvatli AES qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar.

O‘zbekistonda salkam 516 ming gektarda hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

Asosiy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida davom etmoqda.

Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov tartibi o‘zgaradi

Prezidentning "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

Farmonda davlat organlari 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oshxonalarni to‘liq autsorsing asosida tashkil etishi belgilangan. Ushbu oshxonalarda sog‘lom ovqatlanishni keng joriy qilish hamda shirinliklar, yog‘li, xamir solingan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek, odam sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa turdagi mahsulotlarning savdosi cheklanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62100 | Инструменты