Huawei 1
Imtihonlar tugadi: Abituriyentlarning qariyb 47 foizi o‘qishga kirish uchun minimal ballni yig‘a olmadi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakuniga yetdi. 46,9 foiz abituriyentlar o‘qishga kirish uchun yetarli minimal ballni to‘play olmadi. 

Test topshirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida eʼlon qilindi.

Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar – 94 nafar.

Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:

Buxoro viloyati — 75,9 ball;
Toshkent shahri — 74,6 ball;
Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;
Namangan viloyati — 68 ball;
Xorazm viloyati — 68 ball;
Navoiy viloyati — 67,2 ball;
Samarqand viloyati — 67 ball;
Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;
Jizzax viloyati — 65,5 ball;
Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;
Toshkent viloyati — 64 ball;
Andijon viloyati — 63,5 ball;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;
Sirdaryo viloyati — 62,8 ball

Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты