Huawei 1
"Inshoot Madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilmagan" - Madaniy meros agentligi Chirchiq shahrida joylashgan sobiq texnikum binosining buzilayotgani haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan sobiq texnikum binosining buzilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda shaharning tarixiy binosi asrab qolinmayotgani haqida so‘z ketgan. 

Mazkur xabarlar yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan sobiq texnikum binosi 1934-yilda qurilgan. Inshoot Vazirlar Mahkamasinining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan Madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilmagan.

Shuningdek, bugungi kunda ushbu obyekt o‘rnida chet el o‘rta maxsus kasb-ta’lim muassasasining filialini tashkil etish loyihasi Toshkent viloyati hokimligi mas’ulligida amalga oshirish belgilangan. Shunga ko‘ra, Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan “Soniya Group Limited” kompaniyasi ta’sischiligida “Chirchiq innovatsiya gimnaziyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan. 

Obyekt bugungi kunda avariya holatiga kelib qolganligi  va shu abgor ahvolda tevarak-atrofga xavf solishi mumkinligi inobatga olinib “Chirchiq innovatsiya gimnaziyasi” MChJning murojaatiga asosan Toshkent viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bino-inshootlari vizual ko‘rikdan o‘tkazilib, 2025-yil 16-yanvardagi 01/123-sonli xat orqali binoni buzilishi yuzasidan xulosa berilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31412 | Инструменты