Shuningdek, domla folbinga boruvchi ayollarning erlari ularni bu yo'ldan qaytarishi hamda bu yo'l gunoh ekanligini tushintirishi zarurligini ta'kidladi
Homidjon domla Ishmatbekov "Folbinga borish - dinimiz qaytargan amal" mavzusida fikrlarini bayon qildi.
"Folbinlik bu dinimiz qaytargan eng og'ir gunoh. Insonni iymondan ayiradigan, mo'minni dindan chiqaradigan ulkan gunohlardan biri hisoblanadi. Folbinlik bu Alloh taologa xoh bo'lgan, g'ayibni bilishlikni da'vo qilish demakdir. Folbinlar borsangiz, faqat va faqat Alloh bilishi mumkin bo'lgan narsani da'vo qiladilar. O'zi ko'rmagan va bilmagan, erta va undan keyin bo'ladigan holatlarni aytib, insonni ishontirmoqchi bo'ladi", - deya ta'kidladi domla.
Shuningdek, Homidjon domla folbinlikni yolg'onchilik bilan teng qo'ydi.
"Ayniqsa, mo'min-musulmonga munosib bo'lmagan eng og'ir gunohdir. Payg'ambarimiz yolg'onchi meni ummatimmasdir deganlar. Folbinlarda aynan mana shu illat mujassam. Chunki aslida ularning aytayotgan gapining haqiqati yo'q. Payg'ambarimizdan ba'zilar "folbinlar aytgan gaplarning ayrimlari rost chiqib qoladiku" deb so'raganda, ular aytadilarki, jin shaytonlar folbinga olib kelib xabarlarni yetkazganda, o'zidan yana 99 tani qo'shib aytadi. Shuning uchun shaytonning farishtalardan o'g'irlab ilib olgan xabarlarigina to'g'ri chiqib qolishi mumkin. Bu sizlarni chalg'itmasin deganlar. Demak ba'zi bir odamlar aytadi, mana shu folbin aytgan narsa to'g'ri chiqdi deb, lekin rost chiqqan taqdirda ham shu narsaga ishongan inson iymonidan ayriladi", - deya ta'kidladi domla.
"Alloh taola duo qilinglar men ijobat qilaman degan. Bu gapga ishonmagan odamning iymoni noqis bo'ladi. Ba'zi birovlar o'ylashi mumkin duo qilyapman lekin ijobat bo'lmaydi deb, yo'q bermayapti emas, balki banda bilmagan jihatlarda u berilayotgandir. Bandaga kelishi mumkin bo'lgan ofatlar kelmayotgandir shu duo bilan. Bu og'ir gunohligini bilish kerak. Ayollar ayniqsa folbinga ko'proq boradi. Avvalo, hamma o'zi qilgan gunohga o'zi javob beradi. Lekin erkaklar bu ishdan ularni qaytarishi kerak va zarur. Bu erkaklarning ham vazifasidir. Folbinlarning topayotgan puli harom, buning kasofati juda yomon bo'lib qaytishi mumkin", - deya aytib o'tdi Homidjon domla.
Mavzuga doir
- Muftiy hazrat: Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin
- Muftiy Nuriddin domla: Ayol - umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol
- "Ona o‘g‘liga yo meni, yo ayolingni tanla deb shart qo‘yishi gunoh" - muftiy oilalar buzilishining oldini olish haqida gapirdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты