O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov islom dinida ayollarning e’zozlanishi to‘g‘risida gapirdi.
Muftiy Nuriddin domla hazratlari Islomda ayollarning e’zozlanishi, jamiyatning shakllanishida ayollarning hissasi hamda ularning haq-huquqlari to‘g‘risida gapirdi.
"Ayol kishi jamiyatning yarmi hisoblanadi. Butun insoniyatning tarqalishida, jamiyatni xizmati yarmi bo'lsa, erkak kishiniki yarmidir. Nima uchun biz buni ijtimoy muammolar ichida gapiryapmiz? Muammo shundaki, bugungi kunda opa-singil, turmush o'rtoq bo'lgan ayollarni kamsitish yuqori bo'lib turibdi. Ayollarni haq-huquqi bo'yicha bugungi kunda butun dunyo bo'ylab himoyaga olingan.
Islom dinida ayol haqqi yuqori o'ringa olib chiqilgan. Qiz ko'rishlik bu oilaning barakasi deyildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ko‘plab hadisi shariflarida ayollarni yuqoriga ko‘targanlar. “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, “Yaxshilikni eng avvalo onangga, onangga, onangga va undan keyingina otangga qil”, “Uch qiz farzandni tarbiya qilgan erkak jannatiydir”, deb bejiz aytilmaydi, ularda katta ma'no bor", - deydi muftiy.
Shuningdek, Nuriddin domla ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so'zlar haqida gapirib o'tdilar.
"“Niso” shunday bir suraki, unda ayollarning huquqlarini ta'minlash uchun barcha ko‘rsatmalar o‘z aksini topgan. Eng qiziqarli dalil shundan iboratki, “Niso” surasida “erkaklar” so‘zi necha marotaba takrorlangan bo‘lsa, “ayollar” so‘zi ham xuddi shuncha takrorlangan. Alloh taolo Qur'oni karimda shu tariqa ayollar bilan erkaklar baravar haq-huquqqa ega ekanligiga ishora qilgan.
Shunday ekan ayollarning ham gapirish, maslahat berishi erkaklar bilan teng ekanligini bilishimiz mumkin", - deydi muftiy.
Mavzuga doir
- Muftiy hazrat: Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin
- Muftiy Nuriddin domla: Ayol - umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol
- "Ona o‘g‘liga yo meni, yo ayolingni tanla deb shart qo‘yishi gunoh" - muftiy oilalar buzilishining oldini olish haqida gapirdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 30506 | Инструменты