Huawei 1
O‘zbekiston sakkiz oyda 2023 yilgi rekord ko‘rsatkichdan ham ko‘proq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 8,42 mlrd dollarlik oltin sotdi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (4,99 mlrd dollar) pul ko‘rinishida 68,9 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Oltin yetkazib berish 2023 yildagi tarixiy maksimal ko‘rsatkichni (8,15 mlrd dollar) ortda qoldirdi. Bu — 2024 yilgidan ($7,48 mlrd) ham yuqori ko‘rsatkich.

Avgust oyida mamlakat 836 mln dollarlik oltin eksport qildi. Avvalroq eksport hajmi fevral oyida 1,73 mlrd dollar, mart oyida 1,84 mlrd dollar, aprel oyida 1,91 mlrd dollar, may oyida 1,01 mlrd dollar va iyul oyida 1,09 mlrd dollar darajasida qayd etilgandi.

Jami eksportning 36,7 foizi oltinga to‘g‘ri keladi (2024 yil yanvar-avgust oylarida jami eksport tarkibida oltinning ulushi 28,7 foizni tashkil etgandi).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92221 | Инструменты