“Isitish davrining har kuniga 1 kv.m. maydon hisobida to'lash bo'yicha yangi tartib aholining takliflariga asosan joriy etilgan”

Bugun AOKA zalida Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida yangi to'lov tartibi bilan bog'liq masalalar yuzasidan izoh berildi:

“Ushbu tartib ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, noto'g'ri talqin qilinmoqda. Masalaga oydinlik kiritish yangi tartibning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish uchun quyidagilar ma'lum qilinadi.

Isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m. isitiladigan maydon hisobida to'lash bo'yicha yangi to'lov tartibi aholi tomonidan berilgan takliflarga asosan joriy etilgan. Oldingi to'lov tartibi bo'yicha iste'molchilar tomonidan doimiy ravishda «issiqlik ta'minoti 4,5-5 oy berilayotgan bo'sa nima uchun 12 oy davomida hisob-kitoblar qilinadi» degan ko'plab e'tirozlar va arizalar bo'lar edi.

Tariflar ko'tarilishi fuqarolarning turmush darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi xaqida tashvishlarga hech qanday asos yo'q, chunki isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to'lash tartibi issiqlik ta'minoti uchun tariflarni oshirilishini nazarda tutmaydi, faqat to'lovlarni amalga oshirish tartibi o'zgartirilmoqda.

Oldingi to'lov tartibi bo'yicha to'lovlar 12 oy davomida hisob-qitob qilingan va isitish kunlari e'tiborga olinmagan. Misol uchun, 2018/2019 yillarda isitish mavsumi 135 kun, 2017/2018 yillarda — 148 kun davom etgan, 2019/2020 yillar karantin sharoitlarini e'tiborga olgan holda — 165 kunni tashkil etdi.
Joriy etilgan yangi tartib bo'yicha to'lovlar faqat isitish mavsumining har bir kuniga hisob-kitob qilinadi. Shunga ko'ra, faqat isitish mavsumi davrida to'lovlar oshgan bo'lsa-da, isitish mavsumi yakunlangandan so'ng to'lovlar amalga oshirilmaydi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60221 | Инструменты