Huawei 1
Issiqlik energiyasi bilan ta'minlash sohasi tubdan isloh qilinadi

Joriy yil 11-martdagi Prezidentning PQ-100-son qarori bilan uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan:

— sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etiladi;

— markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytiriladi.

Shuningdek, quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:

— markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘i yangilanadi;

— davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;

— markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31517 | Инструменты