Huawei 1
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Telegram monetizatsiyasini ishga tushirish qonuniyligini oʻrganmoqda

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pakning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda Telegram monetizatsiyasi yoʻlga qoʻyilishining qonuniyligi oʻrganilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, agar qonunbuzilish holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder boʻlsa yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun boʻyicha javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, agentlik rahbari oʻrinbosari Oʻzbekistonda Telegram ofisining ochilishi regulyatorga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va qonun buzilish holatlarida jazolash imkonini berishini taʼkidladi.

«Telegram Oʻzbekiston qonunchiligiga, jumladan, qonunlarimiz va cheklovlarimizga rioya qilishi, soliq toʻlashi va mamlakatda serverlarga ega boʻlishi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ishlaydi», – dedi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Telegram kanal egalari uchun monetizatsiyani ishga tushirgani xabar berilgandi.
Endi 1000 dan ortiq obunachiga ega ommaviy kanallar egalari oʻz kanallarida namoyish etilgan reklamalardan tushgan daromadning 50 foizini olishlari mumkin.

Toʻlov faqat raqamli kriptovalyuta – TONda amalga oshiriladi. Kanal sozlamalarida statistikani kuzatish mumkin. Yangi turdagi reklama paydo boʻladi, uni joylashtirish uchun TON toʻlanadi.
Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroilda hozircha ishlamaydi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61214 | Инструменты