Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari ishlab chiqildi

Ekologiya vazirligi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olish va iqlim o‘zgarishining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, loyiha sanoat korxonalari va issiqxona xo‘jaliklaridan chiqadigan iflos moddalar darajasi yuqoriligini hal etishga qaratilgan.

Xususan, quyidagilar taklif etilmoqda:

  • hududdagi sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish;
  • issiqxonalarda mavjud qozonlarni zamonaviy energiya samarador va ekologik toza tizimlar bilan almashtirish;
  • issiqxona va sanoat obektlarini ko‘mirni ishlatmasdan boshqa muqobil energiya manbalariga o‘tkazish;
  • korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tashlamalarni tozalash tizimlarini, mahalliy tozalash inshootlarini, avtomatik havo monitoringi stansiyalarini o‘rnatish uchun moliyaviy rag‘batlar taqdim etish, shu jumladan, grant mexanizmlari yordamida.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini “sezilarli darajada kamaytirishga” yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты