Jizzax shahri uchun 22 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Jizzax shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy avtobuslari olib kelinishi davom etmoqda.

Xususan, "Oybek supertrans" MCHJ tomonidan 22 dona ZONG TONG rusumli avtobuslar olib kelindi. Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichi yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida "Jizzax orient trans" XK tomonidan 30 dona ZHONG TONG rusumli hamda aprel oyida "Jizzax Avtotrans Servis" MCHJ tomonidan esa 8 dona ANKAI rusumli avtobuslar olib kelingan edi.

Joriy yil yakuniga qadar Jizzax viloyatiga tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yana 30 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты