Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

O‘tgan besh yilda Jizzax viloyatida markazlashgan  ichimlik suvi bilan ta’minlanish  darajasi 47,6 foizdan 70,4 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15 foizdan 21,1 foizga yetkazildi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70,4 foizdan 90 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15,5 foizdan 71,2 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 402,1 milliard so‘m  evaziga, 878,3 kilometr ichimlik  suvi va 461 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 167 ta suv va 30 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi tomonidan 2024-yil 14-fevralda Jizzax viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2024-yilning 1-mart sanasidan  quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:

Ichimlik suvi:

a) aholi uchun –1 m3 – 4 000 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 м3 - 6 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 м3 - 6 000 so‘m;

Oqova suv xizmati:

a) aholi uchun – 1 м3 – 1 700 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 м3 – 2 500 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 м3 – 2 500 so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты