Huawei 1
Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi

Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona ushlandi.  

Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining sharʼiy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты