Huawei 1
Jizzaxda ikki kishi “kuydirgi” kasalligida gumonlanib, shifoxonada davolanayotgani yuzasidan izoh berildi

29-iyun kuni “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” dasturida Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, Yorqin MFY, Galatepa ko‘chasida yashovchi ikki nafar fuqarolar “kuydirgi” kasalligiga gumonlanib, shifoxonada davolanayotganligi xususida reportaj efirga uzatilgan. 

Holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida “kuydirgi” kasalligiga gumonlangan qoramol go‘shti va tuproqdan olingan namunalar Jizzax viloyati Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida mikroskopik, bakteriologik, biologik tekshiruvlardan o‘tkazilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты